17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Transport
1 Iyul  2019 667

GM Uzbekistan Tracker avtomobiliga 21 foizli chegirma e’lon qiladi

GM Uzbekistan kompaniyasi 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Tracker Premier AT avtomobiliga katta chegirma e’lon qildi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati. 

Mazkur chegirma kompaniyada olib borilayotgan strategiya hamda hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasi bo‘lib, avtomobil xaridi jarayonida xaridorlarga qulaylik yaratish va uning hamyonbopligini ta'minlashni ko‘zda tutadi.

Unga ko‘ra, xaridorlar endilikda Tracker Premier AT avtomobilini 21 foizli chegirma bilan 215 680 575 so‘m o‘rniga 170 million so‘mga xarid qilishi mumkin.

Aksiya 2 iyuldan boshlab 10 kun davomida amal qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech