18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,2 °C

Transport
5 Mart  2019 1299

GM Uzbekistan yangi savdo platformasini ishga tushirdi

GM Uzbekistan AJ 2018-yilning oxirida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalonini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi. Kompaniyaning Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon Avtocentr” avtosaloni xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qulaylik yaratish maqsadida Kupicar.uz yangi savdo platformasini ishga tushirdi.

 

Kupicar.uz bilan avtomobil xarid qilish yanada oson bo‘ladi. Buning uchun xaridor mazkur sayt orqali o‘zi istagan avtomobilning pozitsiya va rangini tanlaydi va saytda buyurtma qoldiradi. Mazkur buyurtma asosida avtosalon vakili xaridor bilan bog‘lanib, avtomobil bo‘yicha shartnomani xaridor ko‘rsatgan manzilga yetkazib berilishini ta’minlaydi. To‘lov amalga oshirilgach, avtomobil xaridorning buyurtmasi asosida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda ishlab chiqariladi hamda avtosalonga yetkaziladi.

Dastlabki bosqichda Kupicar.uz orqali faqat Toshkent shahri aholisi avtomobil xarid qilishi mumkin, keyinchalik esa mazkur xizmat Respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Kupicar.uz yordamida avtomobil buyurtma qilish hamda konsultantlarning xaridorlar bilan bog‘lanishi har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha dam olish kunlarisiz amalga oshiriladi.

Bundan tashqari mazkur platforma orqali xaridor o‘zi xarid qilish istagida bo‘lgan avtomobilni test-drayvdan o‘tkazish imkoniga ham ega bo‘ladi, bu esa xaridorga bo‘lg‘usi avtomobili haqida yanada ko‘proq taasurot olish imkonini beradi.

GM Uzbekistan hamda uning rasmiy dilerlari bugungi kunda xaridorlar uchun avtomobil xaridi jarayonida qulayliklar yaratish ustida ish olib bormoqda. Mazkur yangi savdo platformasining yaratilishi ham bu yo‘ldagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech