26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,7 °C

Mamlakatimizda
23 May  2020 281

DSQ va koronavirus. Rasmiy xabar

Ommaviy axborot vositalarida Davlat soliq qoʻmitasining ikki xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlaganligi haqida xabar tarqaldi.

Davlat soliq qoʻmitasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy maʼlumot beradi:

Koronavirus infeksiyasi poytaxtning boshqa tumanida joylashgan Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan, xabarda keltirilganidek, Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati boʻlim boshligʻi va uning haydovchisida emas.

DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada boʻlishlari mumkinligi hisobga olingan holda, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshiryaptilar, deb xabar beradi Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Taʼkidlash lozimki, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda:

- qoʻmita binosiga kirganda barcha xodimlar harorati oʻlchanadi;

- binoning ichida ham, tashqarisida ham muntazam ravishda sanitariya holati taʼminlangan;

- har bir qavatda antiseptik vositalar mavjud;

- barcha xodimlar tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech