22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Kеyingi avlod
6 Yanvar  2019 1587

G‘oliblarimiz

Yil oxirida o‘zbekistonliklar xalqaro olimpiada laureatlari bo‘lishdi.

Boku shahri (Ozarbayjon)da o‘tkazilgan Xalqaro matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha (integratsiyalashgan) olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida «Iste’dodlilarni tayyorlash labaratoriyasi» II xalqaro bolalar olimpiadasida Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidan Doniyor Ismoilov, Sevara Ostonova va Lazizbek Rajabboev ishtirok etdi.

Kimyo fani bo‘yicha Singapurda o‘kazilgan xalqaro olimpiadada vatandoshlarimiz oltita medal bilan qaytishdi. Unda yigirmadan ziyod davlatlardan 193 nafar ishtirokchi qatnashdi. Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi, kimyo fanlari nomzodi Yelena Delyaridi rahbarligidagi terma jamoamizga omad kulib boqdi. Termamiz a’zolari bittadan oltin hamda kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech