27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Moliya
24 Aprel  2020 846

Google QQS to‘lashni boshladi

Bugun yurtimizda foliyat oib borayotgan tadbirkorlarning ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni to‘lashdagi faolligi ortib boryapti.

Soliq kodeksi bilan 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etildi.

Mamlakatimizda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi –  http://tax.uz yaratildi.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. 

Ular:

- Google Commerce Limited;

- Google Ireland Limited;

- Google Voice Inc;

- Apple Distribution International Limited;

- Netflix International B.V.;

- Samsung Electronics Co., Ltd.;

- Sleverbridge AG;

- Xsolla (USA), Inc.;

- Activision Blizzard International BV

QQS bo‘yicha birinchi to‘lov «Google Commerce Limited» kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘ladi.

Ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish, chet el korxonalari (kompaniyalar) o‘z imidjiga putur yetkazmaslik bilan bir qatorda hududida pullik xizmat ko‘rsatayotgan davlatning qonunlarini xurmat qilishlarini bildiradi.

Hozirda mamlakatimizda ham elektron tijorat tezkorlik bilan rivojlanayotganligini inobatga olib, bunday ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni to‘lash mahalliy tadbirkorlar uchun ham yaxshi namuna bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasiga QQS-ofisi orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijiy kompaniyalardan arizalar kelib tushishi davom etmoqda, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech