01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Salomatlik
4 Fevral  2020 4279

Rossiyadagi fuqarolarimiz koronavirusga chalinmagan

O‘zbekiston fuqarolari koronavirusga chalinganlikda gumonsirab Rossiyada shifoxonaga joylashtirilganligi haqida OAVlarda xabar tarqalgan edi.

2020-yil 3-yanvarda mamlakatimizning Rossiya (Yekaterinburg)dagi Bosh konsulligi O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi koronavirus bilan kasallanganlikda gumonsirab, Nijnevartovsk shahridagi shifoxonaga joylashtirilganligi haqidagi OAVning ushbu xabarini tasdiqladi. Yurtdoshlarimiz bilan birgalikda Novosibirsk-Tyumen aviareysining barcha yo‘lovchilari shifoxonaga joylashtirilgan. Bu o‘sha reysda uchgan XXRning fuqarosida koronavirus belgilari aniqlangandan keyin amalga oshirilgan.  

Bosh konsullik yurtdoshlarimiz joylashtirilgan shifoxona bilan bog‘langan. Tibbiyyot xodimlarining xabariga ko‘ra, hozir o‘zbekistonlik fuqarolarning ahvoli yaxshi, va ularda koronavirusning belgilari aniqlanmagan. Ulardan olingan tahlillar batafsil o‘rganilib, tibbiy xulosa berilishi uchun Tyumen va Novosibirsk tibbiyot muassasalariga yuborilgan.

Bosh huquqiy-konsullik departamenti Rossiyaning Uralsk federal okrugidagi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi — Yugra, Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi) O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligimizga quyidagi telefon raqamlari: +7-343-276-31-66, +7-343-272-31-33 orqali murojaat qilishlari mumkinligini xabar qiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech