30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,6 °C

Sanoat
7 Mart  2020 3769

«Navoiy KMK» «Navoiyuran» ga aylantirildi

2020-yil 6-martda O‘zbekiston Respublikai Prezidentining PQ-4629-sonli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, «Navoiy KMK» davlat korxonasi nomlanishi tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi – «Navoiyuran» davlat korxonasiga o‘zgartirildi.

Shuningdek, «Navoiy KMK» DK mol-mulkining qismi negizida:

- qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, AJ ko‘rinishidagi «Navoiy KMK» AJ ishlab chiqarish korxonasi;

- «NKMK jamg‘armasi» davlat muassasasi ta’sis etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «NKMK jamg‘armasi» DM va «Navoiyuran» DKning ta’sischisi hisoblanadi.

Moliya vazirligi «NKMK» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aksiyadori (ta’sischisi) funksiyasini bajaradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech