31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Mamlakatimizda
19 May  2020 521

Davlat aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlaydi

2020-yil 18-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5996-sonli «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020-yilning 1-iyunidan 1-sentyabrigacha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

- kichik tadbirkorlik sub’ektlari; 

- bozorlar va  savdo komplekslari; 

- kinoteatrlar;

- umumiy ovqatlanish joylari;

- jamoat transporti korxonalari;

- sport-sog‘lomlashtirish muassasalari;

- yo‘lovchi tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab‑quvvatlash taqdim etiladi:

Prezidentning PF-5969‑sonli va PF‑5978‑sonli farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib‑bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020-yil aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summalari;

- 2020-yil 15-may holatiga yer solig‘i va mol‑mulk solig‘i bo‘yicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalari.

Ayrim mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi.

Farmonga ko‘ra, 2020-yil 1-maydan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.

Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1-sentyabrgacha to‘xtatiladi.

Bunda ularga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berildi.

Moddiy yordam oluvchilar soni qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi

Farmonga ko‘ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020-yil 1-iyundan boshlab qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech