04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,9 °C

Salomatlik
3 Fevral  2020 1505

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari charter reys bilan olib kelinadi

2020-yil 1-fevraldan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilganini Tashqi ishlar vazirligi quyidagicha izohlaydi: Hozigi paytda Xitoy tomoni bilan charter reyslar tashkillashtirish masalasi ustida ish ketayapti.

Mamlakatimizning Pekindagi Elchixonasi xabariga ko‘ra, 1-fevral holatiga Uhan shahrida 81 nafar yurtdoshimiz bor. Ular bilan telefon orqali aloqa o‘rnatilgan hamda «WeChat» ijtimoiy tarmog‘i («Wuhan 2020 Uzbekistan», «Embassy of Uzbekistan» i «Uzbekistan  students №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda.

Pekin shahridan Toshkentga Charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari aeroportning 2-terminalidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral kuni Pekin shahriga kelishlarini so‘raymiz. Boshqa reyslar sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.

Elchixona Xitoy hududida bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarimizga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-noV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor Shtab faoliyat ko‘rsatayotganini ma’lum qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech