24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Transport
17 Iyul  2019 688

Yuk aviareyslari Shinjon bilan O‘zbekistonni bir-biriga bog‘ladi

Urumchi-Toshkent yangi yuk samolyoti dushanba kuni parvoz qildi.

Guanchjou va Iu shaharlarida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak va elektron mahsulotlar ortilgan yuk samolyoti Urumchi shahridan dushanba kuni Toshkentga 16:00 da uchib ketdi, deya xabar beradi «Sinxua» agentligi.

«Qaytish reysida samolyotga Toshkentda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yuklanadi», deydi Urumchi aviatsiya servis kompaniyasi bosh direktori Jen Fey. Parvoz zaruratga qarab haftasiga 5-7 marta amalga oshiriladi.

«Ilgari Xitoydan Markaziy Osiyo mamlakatlariga poezdda yoki yuk mashinasida yuklarni tashish uchun 12 kun ketardi. Yangi yuk tashish havo yo‘nalishi ochilgandan so‘ng, vaqt uch soatga qisqaradi», deya ta'kidlaydi Jen Fey.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech