24 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Xavfsizlik
24 Yanvar  2020 890

«Sariq yonmayapti»: ba’zi chorrahalarda svetoforlarning ishlash tartibidagi yangiliklar

2019-yilning 7-sentyabrida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan sinov tariqasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan yangiliklar joriy qilish amaliyoti boshlangan edi. Xususan, poytaxtning bir nechta chorrahalarida svetoforning ishlash tartibi o‘zgartirilgan edi.

Bunda yo‘nalishlardan birida svetoforning taqiqlovchi qizil signalidan so‘ng sariq signalni chetlagan holda ruxsat beruvchi yashil signal yonmoqda. Shu vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda svetofor standart tartibda (qizil, sariq, yashil) ishlaydi.   

Sinov shaharning to‘rtta chorrahalarida boshlandi: Amir Temur – Nukus ko‘chalari; Sharof Rashidov – Islom Karimov ko‘chalari, Afrosiyob – Shahrisabz ko‘chalari; Sodiq Azimov – Fidokor ko‘chalari. Ijobiy natijalarni uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi, yuqoridagi chorrahalarda kichik to‘qnashuvlar soni kamaydi. Bundan tashqari, ushbu o‘zgarish yo‘nalishlardan biriga ikkinchi yo‘nalish harakatni boshlashidan oldin burilishlarni tugatish uchun qulay fursat yaratadi va bu bilan chorrahalardagi tirbandlikning oldi olinadi.

Natijalar ijobiy bo‘lganligi sababli ushbu yangi tartib to‘liq ishga tushirilgan. Masalan, faqatgina Uchtepa tumanida o‘zgarishlar o‘ndan ortiq chorrahalarda, Chilonzor tumanida esa beshta, Sergeli tumanida ham beshta chorrahalarda ishga tushirildi.

Haydovchilar asta-sekin svetoforning yangi ishlash tartibiga ko‘nikishmoqda, YPX xodimlarining kuzatuvlariga ko‘ra, ular ruxsat beruvchi signalda ilgarigiga qaraganda sekinroq qo‘zg‘alishni boshlaganlar. Ammo bizga «muammo» haqidagi xabarlar muntazam ravishda kelib tushmoqda – haydovchilar, «sariq ishlamasa» svetofor buzilgan deb o‘ylashmoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar IIB axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech