22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,5 °C

Sport
26 Noyabr  2019 2747

Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini 2020-yilning aprel oyida o‘tkazadi

Yengil (-70,3 kg) vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov 2020-yil 18-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet nashri.

Nashr muxbiri sportchining menejeri Ali Abdulazizga tayanib, Nurmagomedov Fergyusonga qarshi jangga shartnomani imzolaganini xabar qilgan.

“Chempion Toni Fergyusonga qarshi jangga kelishuvini imzoladi. Burgut 18-aprelda Bruklinga qo‘nadi. Bu barchasi muxlislar uchun”, deb yozgan sportchining menejeri shartnomani suratini ilova qilgan holda.

Biroq, ta'kidlanishicha, Fergyuson hozircha jangga shartnomani imzolamagan. Ammo uning tomoni Bruklinda musobaqa o‘tkazilishiga qiziqish bildirmoqda.

Bu Fergyuson va Nurmagomedov o‘rtasida jang tashkillashtirishga 5-urinishdir. Ikki sportchi dastlab 2015-yil dekabrda uchrashishi kerak edi, biroq Habib jarohati tufayli jang o‘tkaza olmagan. Shundan keyin jang 2016-yil aprelga ko‘chirilgan, ammo bu safar amerikalik sog‘lig‘idagi muammolar sababli oktagonga chiqa olmagan. 2017-yilda esa Nurmagomedov vazn tashlashda yuzaga kelgan muammolar sababli shifoxonaga tushgan, 2018-yilda Fergyuson tizzasidan jarohat olib, yana jangga chiqa olmagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech