29 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Mamlakatimizda
6 Yanvar  2020 1594

Hafta davomida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 6-yanvar kuni Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

7-yanvar kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida nobarqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
8-9-yanvar kunlari ob-havoning yog‘ingarchiliksiz, kambulutli bo‘lishi kutilmoqda. Antitsiklon chegarasi ta'siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 3-5 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9-yanvarga kelib havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
10-yanvarda sovuq havo oqimi O‘zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0-2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech