29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Tashvishli xabar
19 Fevral  2020 1160

Xalqaro terroristik tashkilotlar tarafdorlari va a'zolari qo‘lga olindi

2020-yilning 19-fevralida Toshkent shahri hududida huquq posbonlari tomonidan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.

 Bu bilan «Tavhid va jihod katibasi» (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan ushbu guruh tarafdorlari va a'zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar xozirda Suriyada xalqaro terroristik tashkiloti TJK safida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1996-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan A.Shodibekovning g‘oyaviy ta'siriga tushib, uning jinoiy faoliyatiga yaqindan qo‘mak berish maqsadida moddiy tomondan yordam ko‘rsatib, TJK tarkibiga borib ko‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-moddasi 1-qismiga (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish) asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt hududidagi 18 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxslar qo‘lga olindi.

Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi. Xozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom etmoqda.

Ma’lumot tariqasida, «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech