10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Xavfsizlik
26 Fevral  2020 716

Xalqaro terroristlar va ekstremistlar qo‘lga olindi

Joriy yilning 26-fevral kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashirin faoliyat olib borgan guruh a’zolari qo‘lga olindi.

Bu bilan xalqaro terroristik tashkilot va ekstremistik oqim yollovchilarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan ushbu guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazib, unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib, ularni faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2442-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga raxbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt va viloyat hududidagi 24 ta manzilda tintuv o‘tkazilib, 21 nafar shaxslar ichki ishlar idoralariga keltirildi.

Ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirildi va tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘z navbatida, huquq posbonlari  fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, buzg‘unchi g‘oyalar ta'siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da’vatlarga aldanib qolmaslik hamda jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmaslik, saqlamaslik va tarqatmasliklarini so‘raydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech