23 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Ijtimoiy hayot
26 Mart  2020 801

Halol savdoda baraka bor

Ayni paytda Xorazm dehqon bozorlarida meva-sabzavotlar oshirilmagan narxda sotilmoqda.

Xorazm viloyatining Markaziy dehqon bozori va tuman dehqon bozorlariga birlamchi iste’mol mahsulotlari maxsus yuk mashinalarida o‘z vaqtida uzluksiz yetkazib turilbdi. Xususan, kartoshka 3 000-3 500 so‘mdan, piyoz 2 000 ming so‘mdan, sabzi 1 000 so‘mdan sotilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy  jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan narxlarni bir xil ushlab turish qat'iy nazoratga olingan.

Aholi o‘rtasida asossiz xabarlar tarqalishini oldini olishda departament, soliq organlari xodimlaridan iborat ishchi guruh  va mahalliy hokimliklar tomonidan zaxira bazasi orqali birlamchi savdo uzluksizligi ta’minlanmoqda.

Muhimi, uyda qolib, ehtiyoj asosida savdo qilish orqali karantinni tinch o‘tkazish o‘rinli, deb xabar beradi Xorazm viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech