14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Turizm
12 Avgust  2019 541

Har qanday sayyohni qiziqtira oladigan yangi markaz ish boshlash arafasida

Toshkentda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi shafeligi ostida “Sogdiana” art-markazi ochilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar qiladi qo‘mita matbuot xizmati.

Markaz xorijiy va mahalliy sayyohlar hamda shunchaki milliy hunarmandchilik va rassomchilik ixlosmandlari uchun xizmat qiladi. “Sogdiana” art-markaziga tashrif buyurgan sayyoh shu yerning o‘zidan beshikdan tortib to turli-tuman suvenirlargacha topishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, markazda ularni tayyorlaydigan materiallar ham bo‘ladi. O‘u bilan birga, bu yerda mahorat darslarini tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

23 shourum-ustaxona, badiiy galereya va ijodiy studiya – bari zamonaviy art-markazning 1600 kvadrat-metr maydonida joylashgan. Hunarmandlar turli viloyatlardan “Sogdiana” art-markaziga o‘z mahsulotlarini olib kelishmoqda. Mahsulotlar realizatsiyaga olinib, ularning savdosi ham yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, “Sogdiana” art-markazida turistlar uchun fotozonalar tashkil qilinmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, “Sogdiana” art-markazining joylashuvi turistlar uchun juda qulay bo‘lib, bu yerda o‘zbek milliy taomlar bilan ovqatlanish imkoni ham mavjud bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek xalqining barcha milliy urf-odatlari va an'analari shu yerda o‘z aksini topadi. “Sogdiana” art-markazining rasmiy ochilish marosimi Mustaqillik bayrami kunlariga rejalashtirilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech