21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Harbiy
3 Iyul  2019 774

Harbiy qism va tibbiyot muassasalariga 14 ta tibbiy yordam mashinalari topshirildi

Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va tibbiyot muassasalariga tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qiladi.

Zamonaviy va qulay “Damas” rusumli mazkur avtomashinlar harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga, nafaqadagi faxriylarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda asosiy vosita hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi. O‘n to‘rtta tibbiy xizmat avtomashinlari hududlar bo‘yicha taqsimlanib, o‘z manziliga kuzatildi.

Tibbiy xizmat mashinalaridan to‘rttasi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism va muassasalarga berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech