24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Harbiy
16 Iyul  2019 487

Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda to‘satdan tekshiruv o‘tkazildi

To‘satdan tekshiruv kutilmaganda soat 15:00 da berilgan “Trevoga” signali bilan boshlandi. Butun shaxsiy tarkib tezkor ravishda yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi, zudlik bilan binolarni qo‘riqlash kuchaytirilgan tizimga o‘tkazildi.

Odatiy rejalashtirilgan taktik mashg‘ulotlar o‘z yo‘liga, biroq favqulodda olib borilgan o‘quvlar jangovar tayyorgarlik holatini sinovdan o‘tkazish yaxshi samara beradi. Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda o‘tkazilgan keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari ham ayni shu maqsadga qaratilgan, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘quvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini har tomonlama tekshirish. Har qanday kasb egasi bo‘lishidan qat'iy nazar kerakli asbob-anjomlar va ish qurollarining bo‘lishi faoliyat samaradorligini ta'minlaydi. Saf ko‘rigi davomida esa harbiy xizmatchilarning libosi, hujjatlari, safar xaltasi, qurol aslaha va kerkakli anjomlari birma-bir ko‘zdan kechirildi.

Mashg‘ulotlarning ikkinchi kunida harbiy qism shaxsiy tarkibi hali quyosh ko‘kka ko‘tarilmagan tongi soat 4-00 da berilgan ko‘rsatmaga muvofiq, harbiy qismga qarashli dala-o‘quv maydoniga chiqish uchun harakatga keltirildi. Komandirlar tomonidan shaxsiy tarkibga texnika xavfsizligi qoidalari tushuntirilib, harakatlanish bo‘yicha vazifalar yuklandi.

O‘quvlarni real vaziyatlarga yaqin tarzda olib borishga harakat qilindi. Harbiy texnikalardan tarkib topgan kolonnaga qo‘yilgan pistirma xavfi bartaraf etildi. 30 kilometr masofaga jangovar texnikalar va harbiy avtomashinalar tartibida marshni amalga oshirib, dala-o‘quv maydoniga yetib kelgan bo‘linmalar belgilangan nuqtalarga joylashdi. Yuqori qo‘mondonlik bilan tezkor aloqa punkti tashkil etildi.

Jangovar amaliyotlarda harbiy xizmatchining harkatlanishini cheklab qo‘yadigan, xatto, umriga zomin bo‘alidgan xavflardan biri ommaviy qirg‘in qurollaridir. Dala-o‘quv maydonida yurt posbonlari ayni shu xatarga qarshi maxsus kiyimlarni kiyish bo‘yicha imtihon topshirishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech