17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Harbiy
29 Iyul  2019 481

“ArMI – 2019”: harbiylarimiz Moskvada “Tank biatloni” bo‘yicha musobaqada ishtirok etadi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlarining Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarida ishtirok etish uchun belgilangan manzilga yetib bordi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ayni damda hamyurtlarimiz Moskva viloyatidagi “Alabino” dala-o‘quv maydonida “Tank biatloni” va “Dala oshxonasi” musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

“Tank biatloni” musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz 13 ta jamoa bilan kuch sinashadi. Bugun “Tank biatloni” musobakasiga qu'ra tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Vakillarimizning yashash shart-sharoitlari, “ArMI – 2019” musobaqasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni Mudofaa vazirligining mas'ul ofitserlari tomonidan uzluksiz nazorat qilib borilmoqda. Ularga nufuzli musobaqa oldidan so‘nggi ko‘rsatmalar berilyapti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech