17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Harbiy
5 Avgust  2019 471

Harbiylarning oila a'zolari uchun ekskursiya tashkil etildi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqo‘rg‘on shahridagi artilleriyachilar harbiy qismida harbiylarning oila a'zolari uchun esda qolarli ekskursiya tashkil etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Birinchi marotaba tashkil etilayotgan bunday sayohat nafaqat bolalar, balki uy bekalari uchun ham zavqli bo‘ldi. Harbiy oilalar qism bo‘ylab ekskursiya bahonasida turmush o‘rtog‘ining xizmat joyi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida mehmonlar interaktiv kutubxona va harbiy qism muzeyida bo‘lishdi. Ponaramali majmuaviy otish trenajyori hamda qurol-aslaha ko‘rgazmasi yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Askarlar oshxonasida esa oilalar uchun tushlik hozirlandi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i polkovnik Qahramon Achilov tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on poligoni yaqinida joylashgan qishloq yoshlari uchun Samarqand shahridagi diqqatga sazovor va tarixiy obidalariga sayohat uyushtirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech