01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Yashil sayyora
3 Aprel  2020 479

Havo tozalanadi

Poytaxtimizda aprel oyining o‘zida atmosferaga chiqayotgan zaharli gazlar 80 foizga kamayishi mumkin.

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, poytaxtda avtomobillar harakatlanishiga cheklov aprel oyida ham davom etadigan bo‘lsa oy so‘ngiga qadar avtoulovlardan atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar miqdori 32,5 ming tonnaga kamayishi kutilmoqda.

Joriy yil boshida Toshkent shahrida umumiy 460 441 dona transport vositalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan 396 012 tasi xususiy sektorlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu transportlar bir yilda o‘rtacha 400,0 ming tonna tashlanmalar bilan atmosfera havosini zaharlaydi.   

Agar 1-apreldan joriy etilgan karantin (cheklovchi tadbirlar) davrida 100 mingga yaqin transportlarning harakatlanishini taxmin qilsak, qolgan 300 mingga yaqini vaqtinchalik yurishdan to‘xtasa, tabiiy ravishda aprel oyining o‘zida atmosfera chiqayotgan zaharli gazlar 80 foizga kamayadi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech