18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,9 °C

Mamlakatimizda
11 Mart  2019 1949

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi yengillashdi

Hukumat qarori (202-son, 09.03.2019 y.) bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikka qo‘shimcha kiritildi.

 

Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:

  • haydovchining imtihon varaqasi;
  • milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;
  • tibbiy ma'lumotnoma;
  • transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

Ya'ni, 2020-yil 31-dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech