20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,1 °C

Xavfsizlik
16 Sentyabr  2019 494

Haydovchining uxlab qolishi ikki piyodaning vafot etishiga olib keldi

15-sentabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Oybuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 126-km.da “Lacetti” haydovchining uxlab qolishi natijasida ikki piyodani urib yuborgan, deya xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, soat 08:30larda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi 24 yoshli R.R. “Lacetti” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, uxlab qolgan va buning oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketib piyodalar, Bo‘ka tumanida yashaganlar 36 yoshli O‘.A. va 34 yoshli Sh.N.larni urib yuborgan.

Natijada O‘.A. jarohat olib voqyea joyida vafot etgan. Sh.N. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech