28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31 °C

Voqea-hodisalar
5 Dekabr  2019 974

Hindistonda avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida 9 kishi halok bo‘ldi

Markaziy Hindistonning Madhya-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan yuk mashinasi va avtobus to‘qnashuvi natijasida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 23 nafar yo‘lovchi turli og‘irlikdagi tan jarohati olishdi, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Hudud politsiyasi vakili Obidxon ANI agentligiga: «Hodisa natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi. 10 yo‘lovchining ahvoli og‘ir deb baholandi», deya ma'lumot bergan. Uning aytishicha, jarohatlanganlarning barchasi zudlikda shifoxonaga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

«Ikkita transport to‘qnashuvi shu qadar kuchli bo‘lganki, avtobusdagi to‘rt yo‘lovchi o‘sha paytning o‘zidayoq halok bo‘lgan», degan politsiya xodimi.

Ushbu YTHdagi boshqa qolatlar va avtofalokat sabablari hozircha noma'lum.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech