23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Dolzarb
31 Iyul  2019 411

Hindistonda tezkor ajralishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Hindiston parlamentining yuqori palatasi musulmonlarning «tezkor ajralish» («uch taloq») amaliyotini taqiqlovchi qonunni ma'qulladi. Hujjat kuchga kirgandan so‘ng, bunday ajralish jinoiy javobgarlikka tortiladi, deya xabar beradi Reuters.

Qonun loyihasini 99 parlament a'zosi qo‘llab-quvvatlagan, 84 tasi qarshi chiqdi, deya xabar beradi «Al-Jazira» telekanali. Qonun prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng, huquqbuzarlar uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Ikki yil avval «uch taloq» amaliyoti Hindiston Oliy sudi tomonidan taqiqlangandi.

«Tezkor ajralish» bu - rasmiy tartib-qoidalarsiz ajralishdir. Buni amalga oshirish uchun musulmon erkak «taloq» (arabcha «ajralish») so‘zini uch marta aytishi kerak.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech