15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Sport
5 Noyabr  2019 461

Abdulaziz Aqqulov O‘zbekiston Etnosport va strongmen federatsiyasi raisi etib tayinlandi

Toshkent shahrida Butunjahon Strongmen Federatsiyasi va Butunjahon etnosport alyansi («World Ethnosport») kengashining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida OAV vakillariga «UzReport» axborot agentligining bosh direktori Ravshanxon Djuraevni Butunjahon Strongmen Federatsiyasi prezidenti va Butunjahon etnosport ittifoqi kengashi raisi etib, Abdulaziz Aqqulov esa O‘zbekistonda yangi tashkil qilingan Etnosport va strongmenlar federatsiyasi rahbari etib tayinlangani haqida e'lon qilindi.

Butunjahon Strongmen Federatsiyasi va Butunjahon etnosport alyansi rahbarlari O‘zbekistonda Etnosport va strongmenlar federatsiyasi tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatlashga hamda respublikamizda mazkur sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qilishdi. O‘zbekistonda World Strongmen Cup 2020 Jahon seriyasi musobaqalari Xivada iyun oyidan boshlab o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Etnosport Chellenj va Pahlavon Mahmud nomidagi "BAHODIRLAR O‘YINI" II Xalqaro turniri ham bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadi.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech