04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,5 °C

Tashvishli xabar
28 May  2020 436

Hokim oʻrinbosari jarimaga tortildi

 Boʻka tumani hokimi oʻrinbosari oʻqituvchilarni kamsitgani va majburiy mehnatga jalb qilgani uchun jarima toʻladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Nazorat-huquqiy xizmati va Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorlikda Toshkent viloyati, Boʻka tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Anvar Xontoʻrayevni xalq taʼlimi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuvi, pedagog kadrlarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, mehnatga majburlash, ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilgani uchun 22,3 million soʻmga jarimaga tortdi.

Jumladan, Boʻka tumani hokimining oʻrinbosari tomonidan tumanda joylashgan taʼlim muassasalari rahbarlariga obodonlashtirish hamda tomorqa ishlari boʻyicha xatlov oʻtkazish kabi topshiriqlar berilgan.

Xususan, A. Xontoʻrayev joriy yilning 19-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-sonli qaroriga zid ravishda tumandagi 12-umumtaʼlim maktabida 53 nafar taʼlim muassasasi rahbarlari va mahalla faollariga yigʻilish oʻtkazib, 12-maktab direktori M.Xakimovaning oʻz vaqtida tomorqa boʻyicha aholini xatlov qilmaganligi uchun uning kasbiy faoliyatiga asossiz aralashib, unga tazyiq oʻtkazib, barchani oldida izza qilib, shaʼni va qadr-qimmatini kamsitib, huquqlarini poymol etib undan tuman hokimi nomiga tushuntirish xati va joriy yilning 20-aprel kunidan ishdan boʻshash toʻgʻrisida arizasini olgan.

Bundan tashqari, 2020-yil 6-7-may kunlari hokim oʻrinbosari A.B.Xontoʻrayev tumanda faoliyat yuritayotgan 15-, 16-, 18-, 24-, 50-umumtaʼlim maktab direktorlariga tazyiq oʻtkazib, tuman markazidagi “Yoshlar maydoni”ga direktorlar va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlarini yaʼni 25 kishini maydonda oʻsgan oʻtlarni oʻrish kabi majburiy mehnatga jalb qilgan.

Xalq taʼlimi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati aralashuvi bilan Anvar Xontoʻrayevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga zid harakatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlarga qonuniy baho berish uchun vazirlik tomonidan joriy yil 15-mayda Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga yuborilgan.

Oʻz oʻrnida Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatlarni qonuniy oʻrganib chiqib hokim oʻrinbosari Anvar Xontoʻrayevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan 22,3 million soʻm jarima jazosi qoʻllanilgan, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech