15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,9 °C

Tashvishli xabar
12 Fevral  2019 2906

Homilador kelinoyisini pichoqlagan yigit 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

12-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida homilador kelinoyisini pichoqlagan 21 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Unga JKning bir qator moddalari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi, deb xabar beradi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘lgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida jamoatchi himoyachi sifatida ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergandi.

“Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolingan. Shu kunlarda ayol farzandini dunyoga keltiradi”, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech