07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Agrosеktor
23 Yanvar  2020 899

Hosil taqdiri sho‘rni yuvish va yaxob suvi berishga bog‘liq

Bu yil Farg‘ona viloyatida 55 ming gektardan ziyod maydonda yaxob suvi berish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda viloyatda bu boradagi tadbirlar jadal olib borilmoqda. Zero, qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olish ko‘p jihatdan sho‘rni yuvish va chilla suvi berish ishlarini obi-tobida o‘tkazishga bog‘liq. Xalqimiz bejiz “Chilla suvi – tilla suvi” deb aytmagan.

– Viloyatimiz suvchilari qishning sovuq, izg‘irinli kunlariga ham qaramasdan shu kunlarda sho‘rni yuvish, yaxob suvi berish, ariq-zovurlarni tozalash kabi kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlarini o‘tkazmoqda, – deydi Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Allomjon Fozilov. – Bu tadbirlar sifatli o‘tkazilsa, yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi, turli zararli hasharotlar lichinkalari yo‘qotiladi, eng muhimi, vegetatsiya mobaynida yuzaga keladigan suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish imkonini beradi.

Viloyat suv xo‘jaligi tizimi xodimlari ayni kunlarda barcha suv xo‘jaligi inshootlarini sug‘orish mavsumiga puxta tayyorlash borasidagi ishlarni avj oldirgan. Ariq-zovurlarni tozalash, inshootlarni ta’mirlash va tiklash ishlariga yetarli texnika-transport vositalari va ishchi kuchi jalb qilingan, deya xabar beradi Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech