10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27 °C

Energetika
1 Iyul  2020 584

“Hududgaztaʼminot”ning yangi xizmat turlari

“Hududgaztaʼminot” AJ tarkibiy boʻlinmalari butun respublika boʻylab, yer osti va ustidagi yuqori, oʻrta va past bosimli metall gaz quvurlarini oʻrnatish, taʼmirlash va ishga tushirish xizmatlarini taqdim etishni boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Qurilish vazirligi tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun maxsus ruxsatnomalar, shuningdek loyihalashtirish uchun litsenziya taqdim etilgan.

Xizmat turlarini kengaytirish bugungi davr va iqtisodiy holatlar bilan uzviy bogʻliqdir. “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy boʻlinmalari ham xizmat koʻrsatish bozorini samarali rivojlantirishning bevosita ishtirokchilari hisoblanadi. Ularning faoliyati birinchi navbatda kompleks gazlashtirish va obyektlarni gaz bilan taʼminlash sohasida yuqori darajadagi xizmat koʻrsatishga qaratilgan. Shu munosabat bilan, sohada tasdiqlangan meʼyor va standartlarga toʻliq rioya qilgan holda, barcha gazlashtirish loyihalarni boshdan oxirigacha (rus.pod klyuch) amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Buyurtmachi, gaz taqsimlash va isteʼmol qilish tarmoqlarining kompleks loyihalarini yaratish, shuningdek, boshqa xizmatlar, masalan, loyiha ishlab chiqish, hujjat va ruxsatnomalarni tayyorlashni ham ishonib topshirishi mumkin.

“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy boʻlinmalariga gaz taʼminoti xizmatlarini koʻrsatishlarini soʻrab jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishlari mumkin. Gaz taʼminoti tashkilotlarining texnologik imkoniyatlari gaz ishlari uchun hamyonbop narxlarni belgilashga imkon beradi, deb xabar beradi “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati.

Gaz taʼminoti va gazlashtirish xizmatlari amaliy va nazariy bilim hamda koʻnikmalarga ega tajribali mutaxassislar jamoasi tomonidan bajarilishi taʼminlanadi. Hamkorlikning har bosqichi, xususan mijozning xizmatga birinchi murojaatidan tortib to xizmat koʻrsatishgacha boʻlgan jarayon, malakali mutaxassislar qoʻlida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech