15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Xavfsizlik
1 Noyabr  2019 424

Hujjatda to‘g‘ri, amalda esa...

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi qing‘irlik fosh etildi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ya'ni poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan, bo‘yalgan matolar tovari deklaratsiyada ko‘rsatilgan omborga emas, boshqa omborda saqlanayotgani bojxonachilar e'tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, konteynerlardagi tovarlardan namunalar olinib, Bojxona ekspertizasi va TIF TNni yuritish boshqarmasiga holatga oydinlik kiritish uchun jo‘natildi.

Ekspertiza xulosalariga binoan, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidek bo‘yalgan matolar tovari emas, balki, sinel matolar saqlanayotgani ma'lum bo‘ldi.

Hozirda umumiy qiymati 6,1 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxonachilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech