23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
25 Mart  2019 1590

“Huquqiy targ‘ibot ishlari a'lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (240-son, 22.03.2019 y.) bilan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a'lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

 

Nimzomga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan davlat organlari xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Davlat organlari o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni xar yili 1-oktyabrga qadar adliya organlariga taqdim etishi lozim.

Adliya vazirligida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20-noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech