06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Salomatlik
19 Fevral  2020 1391

Xususiy tibbiyot tashkilotlari rivojlantiriladi

2020-yil 18-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4606-sonli  «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, «Asaka» ATBga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million AQSh dollari miqdorida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kredit liniyasi taqdim etiladi.

Jamg‘armaning kredit liniyasi 10 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr, «Asaka» ATB marjasini hisobga olmasdan yillik 5 foiz stavka bilan hududlarda yangi import tibbiyot uskunalari (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Asaka» ATB orqali respublikaning barcha hududlarida xususiy tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 286 ta loyiha amalga oshirilgan, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech