10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,5 °C

Mamlakatimizda
29 Mart  2019 1871

Chiqindixonalar – ikir-chikir emas...

"Joylardagi haqiqiy ahvolni biz xalqimizdan yashirmaymiz va borini qanday bo‘lsa, shunday ko‘rsatib boramiz. Albatta, bu ko‘pchilikka yoqmayapti, ko‘p rahbarlar buni hazm qila olmayapti. Lekin, biz bu boradagi barcha holatni va boshlagan ishlarimizni xalqimiz bilan bamaslahat va jamoatchilik nazorati ostida amalga oshiramiz".

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish,
aholi yashash joylarini obod maskanga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqidan.

Ayni holatda ko‘pgina amaldorlarning o‘z kabinetlaridan chiqmay boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanish tarzi endi o‘tmaydi. Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovni yaqinda ochilgan katta miqyosli «Humo arena» inshooti qurilishi maydonidan zo‘rg‘a topdik.

Ammo gap bu haqda emas, balki odamlarning kundalik turmushida muhim hisoblanadigan «Obod mahalla» Davlat dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan narsalar to‘g‘risida. Unga obod qiluvchilarning chala ishlarini namoyish etuvchi yoqimsiz suratlarni ko‘rsatdim. Ular orasida Chilonzor tumanining 19-kvartalidagi yig‘ishtirilmagan chiqindi tashlanadigan joy, yo‘lsozlarning eski chala ishlari, maktablarga juda yaqin bo‘lgan spirtli ichimliklarni joyida quyib berish dukonlari borasidagi hal etilmagan muammolar ham bor edi.

Sarvar Toshmamatovich yaqindagina ushbu lavozimga tayinlanganiga qaramay, ishlar holati bo‘yicha berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollardan qochmadi. Javoblar ham atroflicha va ishbilarmonlarcha bo‘ldi:

– Chiqindilarni yo‘qotish uchun «Maxsustrans»ga transport vositasi topib berishda yordam beramiz. Boz ustiga ana shu sobiq chiqindi tashlanadigan joy o‘rnida sport majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.

Spirtli ichimliklarni joyida quyib berish shoxobchalariga kelsak, o‘sha yerda istiqomat qiluvchi aholi fikrini ham so‘zsiz inobatga olamiz.

Shu o‘rinda «Pravda Vostoka» gazetasida 2018-yil 2-noyabrda e’lon qilingan «Yoshlar tarbiyasiga ta’sir etadigan yana bir masala, buni bartaraf etishning imkoni bormi?» maqolasini esga olish joiz, deb o‘ylayman. Unda mahalliy aholi arizasi yuzasidan tashrif buyurgan gazeta muxbirining o‘zi buning asosli ekaniga ishonch hosil qilgan. Bundan tashqari, o‘sha yerdagi 101-maktab direktori Svetlana Abeslamidzening fikrini ham keltiradi:

– Bunday vino-aroq quyib beradigan do‘konlarning maktablar yaqinida bo‘lishiga hamisha qarshi bo‘lganman. Ammo bizga hech kim quloq solmaydi. Bu nuqtalarda hamisha baqir-chaqir, so‘kinishu haqoratli so‘zlar ishlatiladi, o‘zaro mushtlashuvlar sodir bo‘ladi.

Yo‘llarni obodonlashtirish masalasiga kelsak, agar bu yerda kichikroq ishini ochishsa, tadbirkorlarning o‘zi mas’ul bo‘ladi.

«Obod mahalla» dasturi ijrosi davom etmoqda. Hokimning ishontirib aytishicha, rejalashtirilgan loyihalarga hech nima to‘sqinlik qilolmaydi. Negaki, buning bari odamlar uchun qilinmoqda. Darvoqe, o‘sha joyda bizga xabar berishlaricha, xuddi dasturda nazarda tutilganidek, qo‘shni «Shuhrat» mahallasida ham navbatdagi obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilibdi.

Konstantin Bashlayev.
Muallif surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech