17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,7 °C

Xavfsizlik
15 Oktyabr  2019 388

Ichki ishlar organi xodimi kaltaklangani tasvirlangan videoga IIV munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimiga nisbatan fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videolavha tarqalgan edi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur holat 2018-yilning avgust oylarida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir etilgan bo‘lib, voqyea tavsilotiga ko‘ra, hududning profilaktika inspektori, jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, o‘rnatilgan tartibda qat'iy qonuniy choralar ko‘rilgan.

Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikdan, ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatishdan o‘zlarini tiyishlarini, ushbu harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech