20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Xavfsizlik
8 Avgust  2019 424

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘qotar qurollarni qo‘llash – qonuniy

Ichki ishlar organi xodimi tomonidan tabel quroli qo‘llanilgan lahza aks etgan va tarmoqda tarqalgan internet-video bo‘yicha qo‘yidagilarni ma’lum qilamiz.

 

Mazkur hodisa haqida ma’lumot Toshkent shahar IIBB axborot resurslarida kecha, 7-avgust kuni e’lon qilindi.

Ichki ishlar organlari xodimi tomonidan o‘qotar qurolni qo‘llash O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonuni bilan qat’iy tartibga solinishini tushuntirib o‘tamiz. Ushbu qonunning 24-moddasida («O‘qotar qurolni qo‘llash») ichki ishlar organli xodimi agar transport vositasining haydovchisi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf tug‘dirsa hamda ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qaramay, to‘xtashdan bosh tortsa, ushbu transport vositasini shikastlash yo‘li bilan to‘xtatish uchun o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga egaligi keltirilgan.

Shu bilan birga, o‘qotar qurolni beixtiyor qo‘llashning sabablari aniqlanishi, jumladan, qurolning nosozligi borasidagi versiya ham tekshirilishini eslatib o‘tamiz.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech