23 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

Xavfsizlik
21 Avgust  2019 465

Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi?

Qonunchilikka ko‘ra agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni  kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u quyidagi hollarda kuch ishlatishi, jumladan kurashning jang usullarini qo‘llashi mumkin:

- jinoyatlarga va ma'muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;

- jinoyatlar yoki ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;

- ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.

Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. https://t.me/huquqiyaxborot/5376

Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar berishi shart.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech