24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,4 °C

Kеyingi avlod
21 Dekabr  2018 1905

Toshkentda yana bir chet el oliygohining filiali ochiladi

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent va Boku shaharlarida o‘z filiallarini ochish borasida ish olib bormoqda.

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov institutning kuzatuv va vasiylar kengashi qo‘shma yig‘ilishida ma’lum qildi.

- MDXMI (MGIMO) xorijdagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda, - deydi vazir. – Ayni damda filiallarni ochish bo‘yicha O‘zbekiston va Ozarbayjon bilan birga tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.

Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga qaraganda, ayni damda oliy ta’lim muassasasi Nizomiga mos o‘zgartishlar kiritilmoqda.

O‘z axborotimiz
rtr-vesti.ru surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech