18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,2 °C

Sport
20 Yanvar  2019 1110

Ignatiy Nesterov: “Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi”

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avstraliyaga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Tarkibdagi barcha futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Bu o‘yin har ikki jamoa uchun ham birdek muhim. Pley-offda yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Raqibimiz kuchli jamoa, ammo biz g‘alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. 

Qatar-2011da Avstraliyadan uchragan mag‘lubiyatni men allaqachon esdan chiqarib bo‘lganman. Bu yoqimsiz xotira, futbolda xotiralar bilan yashamasdan, oldinga qarab intilish zarur. Bu safargi o‘yin biz uchun ijobiy natija bilan yakuniga yetishiga umid bildiryapman. Maqsadimiz ko‘p gol kiritish emas, har qanday hisobda bo‘lsa ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olish. Yaponiyaga qarshi o‘yin videoyozuvini birgalikda tomosha qildik, xatolarimizni ko‘rib chiqdik.

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Yaponiyaga qarshi o‘yin biz uchun juda muhim bo‘ldi. Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan xato va kamchiliklarimizni ko‘rib oldik. Endi mana shu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang ko‘rasiz”, - deydi Nesterov.

 

 

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech