19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Sport
21 May  2019 3086

Xatoga yo‘l qo‘yishga majburlash boshqa, raqibning o‘zi uni «sovg‘a» qilishi boshqa

Ozbekiston Chempionati. Superliga. Toqqizinchi tur. «Andijon» - «Paxtakor» - 0:3, «Lokomotiv» - «Bunyodkor» - 0:0, «Qizilqum» - «Surxon» - 1:3, «Nasaf» - «Qoqon-1912» - 2:0, «Navbahor» - «Metallurg» - 0:0, «OKMK» - «Sogdiyona» - 0:2, «Buxoro» - «Dinamo» - 0:0.

Birinchi davra yakuniga to‘rtta tur qoldi, «So‘g‘diyona», «Buxoro» va «Andijon» klublarining uch bosh murabbiyi ishdan bo‘shaltildi. Mutaxassislarning fikricha, ishdan bo‘shatish navbati OKMK, «Qizilqum» va «Qo‘qon-1912» klublari murabbiylariga yetgan. Ular bu jamoalarning qator muvaffaqiyatsizliklarida aybdor hisoblanmoqda.

Albatta, natijalarga erishish uchun murabbiyning roli ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Misol uchun, ushbu mavsumda Andrey Miklyaevning«Surxon»ni boshqargan Anvar Soliyev bilan birgalikdagi ishi. Ularning o‘zi ta'kidlaganidek, bir iloj qilib yig‘ilgan o‘z o‘yinchilari iborat jamoa mavsumlararo to‘liq tayyorgarlikni o‘tkazmasa-da, o‘zini hurmat qilishga majbur qildi. «Surxon» o‘z uyida biron uchrashuvni yutqazmadi, safarda o‘ynab ham jamoa o‘z hisobiga olti ochko keltirdi. Kuchli himoya. Chempionat yetakchilari qancha to‘p o‘tkazgan bo‘lsa, shuncha o‘tkazib yuborishgan. Shuningdek, hujum chizig‘ida ham o‘sish kuzatilmoqda. Ushbu turda surxondaryoliklar birinchi marta uchta gol urishdi. Ushbu natija shunisi bilan ahamiyatliki, jamoa  mehmonda super liganing yoshi ulug‘ jamoasi hisoblangan «Qizilqum»dan barcha statistika ko‘rsatkichlari bo‘yicha ustun keldi. Murabbiylar shtabi tuzgan o‘yin taktikasi aniq samara berdi.

Lekin, albatta, «Mavsum kashfiyoti»ga da’vo qilish uchun Miklyayev va Soliyev shogirdlari yozgi ta’til oldidan jiddiy sinovlardan o‘tishi kerak. Oldindan  mehmonda «Lokomotiv» va «Nasaf» bilan, o‘z maydonida «Bunyodkor», shuningdek, keyingi bosqichda «Qo‘qon-1912» bilan uchrashuvlar kutmoqda. «Surxon»ning  tom ma’noda Termiz stadioni tribunalariga sig‘may ketayotgan muxlislar ko‘magida turnir jadvalining yuqori qismida o‘z o‘rnini saqlab qolishi ehtimoli ham bor.

Shu bilan birga, e'tirof etish kerakki, debyutantning birdan jadallashib ketishi raqobatning kuchayishi bilan emas, balki chempionatning umumiy past darajasi bilan ham bog‘liq. Ko‘plab mutaxassislar bu fikrga qo‘shilmoqdalar. Xususan, ushbu turda eng past ko‘rsatkich qayd etildi - raqiblar darvozalari faqat o‘n bir marta ishg‘ol etildi, uch o‘yinda umuman to‘p kiritilmagan. Va bu himoyalarning mustahkamligi sabab emas, balki noaniq uzatmalar va har bir o‘yinda besh-oltitadan qulay vaziyatlarning boy berilishi ham ko‘p kuzatildi. Buni omadsizlikka to‘nkash ham mumkin. Ammo agar xatoliklar 90 daqiqada taxminan o‘n martaga yaqin bo‘lsa, unda o‘yinchilarning mahorati haqida ko‘proq gapirish kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi so‘nggi yillarda jismoniy tayyorgarlikka, bardoshlilik va boshqa holatlarga ham katta e'tibor qaratmoqda. Shuningdek, o‘yinchilarning yengil atletika borasidagi mahoratlari muntazam sinovdan o‘tkazilyapti. Shu bilan birga, futbolchilar charchoq nimaligini bilmay yugurishni xuddi o‘ynashni unutganday, esdan chiqarib yuborishgan. To‘p oyoqda turmaydi va darvoza tomonga yo‘naltirilgan to‘plar va «yonidan o‘tib ketdi»lar o‘rtasidagi raqam salkam o‘nga bir nisbatga teng.

Yana bir omil - hakamlar. Bir nechta hakam allaqachon diskvalifikatsiya qilingan. Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo‘mitasi rahbariyatining o‘zgargani ham tasodifan emas. So‘nggi yillarda ilk marta hakamlar, inspektorlar, uchrashuvlar komissarlari va matbuot vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy ishtirokchilar, aynan, hakamlar bo‘lgan ziddiyatli uchrashuvlar ham tahlil qilindi.

Bunday harakatlar, yana o‘sha bir xil sport reportyorlarning maydonda ehtiroslarni qo‘zg‘ashda ayblanmasligi uchun, albatta, qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Jurnalistlar va sharhlovchilar ham o‘z malakalarini oshirishlari kerak.

Ammo referilar harakati qancha sezilmasa, hakamlar brigadasi shuncha malakaliroq bo‘lishi ham yaxshi ma'lum. Ulardan hech qanday shikoyat bo‘lmasligi lozim. Afsuski, o‘sha muloqot chog‘i hakamlarning xato qilayotgani ham qayta va qayta jarangladi. Umuman olganda, futbol – bu xatolarga yo‘l qo‘yiladigan o‘yin. Lekin ularga yo‘l qo‘yishga majburlash boshqa, raqibning o‘zi xatoga yo‘l qo‘yib, «sovg‘a» qilishini kutish boshqa. Afsuski, ichki chempionatimizdagi o‘yinlarning aksariyati ana shu tamoyilga ko‘ra o‘tmoqda.

To‘qqizinchi turdan so‘ng turnir jadvali

Klublar

G‘

D

M

TN

O

«Paxtakor»

7

2

0

18:7

23

«Lokomotiv»

5

3

1

15:7

18

«Surxon»

4

3

2

9:7

15

«Nasaf»

4

2

3

14:9

14

«Bunyodkor»

4

2

3

11:10

14

«Navbahor»

3

4

2

14:10

13

«Dinamo»

3

4

2

9:9

13

«Metallurg»

3

3

3

13:9

12

«So‘g‘diyona»

4

0

5

11:15

12

«Qizilqum»

2

3

4

10:15

9

«OKMK»

2

1

6

11:14

7

«Buxoro»

1

4

4

6:10

7

«Andijon»

1

4

4

7:14

7

«Qo‘qon-1912»

1

3

5

8:20

6

Toji Timurov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech