23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Turizm
27 Fevral  2019 3461

II Xalqaro maqom san’ati anjumanini 2020-yilning sentyabr oyida o‘tkaziladi

Kecha Prezidentimizning “II Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.  

 

Farmoyish bilan Xalqaro maqom san’ati anjumanini ikkinchi marta 2020-yil sentyabr oyining birinchi yarmida o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining taklifi ma’qullandi.

Shuningdek, 2019-yil 1-apreldan boshlab respublika va jahon miqyosida Anjuman targ‘iboti tashkil etiladi. Targ‘ibot doirasida o‘tkaziladigan tanlov shartlari va ilmiy-amaliy konferensiya mavzusi e’lon qilib boriladi.

2020-yil 1-iyunga qadar respublikamiz hududlarida maqom ansambllarining konsert dasturlari, “Yosh maqom ijrochilari”, bastakorlar o‘rtasida “Maqom yo‘lida yaratilgan eng yaxshi asar” kabi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari hamda taniqli maqomshunos olimlar, tajribali maqom ijrochilari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkazilib boriladi.

2020-yil 1-avgustga qadar Anjuman doirasida “Maqom san'atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturi ishlab chiqiladi. Anjumanda ishtirok etadigan xorijiy hamda mahalliy musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli san'atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantiriladi.

Shahrisabz shahridagi Maqom muzeyi ushbu san’atga oid tarixiy, ilmiy-ijodiy manbalar, qadimiy va zamonaviy cholg‘u asboblari va boshqa yangi eksponatlar bilan boyitiladi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech