19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Xavfsizlik
4 Fevral  2019 1437

IIB xodimi pora olmadi

 Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 7-sonli IIB xodimi Toshkent shahar IIBB rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Bildirgida   Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi I.B. va boshqa shaxslar bilan birga 2018-yil oktyabr hamda noyabr oylarida “Silk Road Industry” MChJ rahbari F.K.dan umumiy qiymati 244 million  so‘mlik “Libera” nomli bolalar tagliklarini kelgusida savdo tushumidan tushgan puldan berish sharti bilan olib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirgani ma’lum qilingan. Ammo  bolalar tagliklarini sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib borayotganligi, I.B. unga tekshiruv hujjatlarini tergovga o‘tkazmasdan uning foydasiga hal qilib berish evaziga pora sifatida 2000 AQSh dollarini taklif etayotganligini aytgan.

Ushbu bildirgi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV xavfsizlik  boshqarmasi Toshkent shahar bo‘limi, Uchtepa tumani prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida I.B. pora sifatida 1500 AQSh dollarini xodimning xizmat xonasida berayotganida ushlangan.

 Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech