19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
2 Oktyabr  2019 562

IIV Farg‘onadagi avtohalokat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona hokimi tungi selektorga chaqirtirgan maktab rahbarlari avariyada halok bo‘ldi” sarlavhasi bilan tarqatilgan material bo‘yicha IIV rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov jarayonlari olib borilgan. Unga ko‘ra 2019-yil 29-sentabr kuni soat 20:45larda Dang‘ara tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 25-sonli maktabning direktor o‘rinbosari M.D. “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qo‘qon shahri tomon boshqarib ketayotib, yo‘lni o‘rtasiga o‘rnatilgan beton to‘siq ustiga chiqib ketganligi va yo‘lni yorituvchi temir stolbaga urilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonidan yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlangan. 

Yong‘in natijasida avtomashina haydovchisi hamda oldi o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi Dang‘ara tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 26-sonli maktabning direktor o‘rinbosari U.Sh.lar voqyea joyida halok bo‘lgan. Orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchilar Dang‘ara tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 38-sonli maktabning direktor o‘rinbosari T.L. va Dang‘ara tumani Xalq ta'limi bo‘limi qorovuli M.B.lar tan jarohati olgan hamda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma'lumotlarda Xalq ta'limi bo‘limi xodimlari viloyat Hokimiyatiga kechki selektor yig‘ilishiga chaqirtirilganligi ko‘rsatilgan, biroq o‘rganishlar jarayonida shu kuni, ya'ni 29-sentabrda Farg‘ona viloyati Hokimligida yig‘ilish yoki selektor o‘tkazilishi belgilanmaganligi, shuningdek, yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi va yo‘lovchilar o‘zlarining shaxsiy yumushlari bilan Dang‘ara tumanidan Qo‘qon shahriga ketishayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech