22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,6 °C

Mamlakatimizda
13 Sentyabr  2019 836

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ogohlantiradi!

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra mamlakatimizda avtomobillarning orqa va yon oynalarini qoraytirishga belgilangan tartibda ruxsat berilgan.

Ammo shunga qaramay, ming afsuslar bo‘lsinki, transport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish(qoraytirish)ning tartiblarini buzayotgan, bu talablarni mensimayotgan yoki unga amal qilmayotgan haydovchilar ham uchramoqda, deya ma'lum qiladi IIV matbuot xizmati.
Masalan, faqatgina orqa va orqa yon oynalarning cheklovsiz qoraytirish belgilangan bo‘lsada, ayrim haydovchilar transport vositaslarining old yon oynalari tusini ham cheksiz darajada qoraytirib olishmoqda va bu bilan qaror talablarini qo‘pol ravishda buzmoqdalar.
Eng achinarlisi, ayrim haydovchilar amaldagi qonun va qaror talablarini mensimasdan, hyech qanday ruxsatnomalar olmagan holda transport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirib(qoraytirib) olishmoqda.
Qoidalar behudaga ishlab chiqilmaydi. Shunday ekan, har bir harakat ishtirokchisi yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanishi shart. Aks holda qoidabuzarlik uchun jazo muqarrardir.
Eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 126-moddasi shunday deyiladi:
“Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan belgilangan tartibda oynalarni qoraytirish uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bu 5 million 68 ming 250 so‘mni tashkil etadi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bu 8 million 109 ming 200 so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, transport vositasi kamchiliklari bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech