08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4 °C

Mamlakatimizda
12 Noyabr  2019 461

Ijtimoiy tarmoqlardagi M.Akbarovaning videomurojaatiga bosh prokuratura munosabat bildirdi

Bosh prokuratura tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro M.Akbarova tomonidan e'lon qilingan videomurojaat o‘rganildi.

Unga ko‘ra, M.Akbarova huquqni muhofaza qiluvchi organlardan prokuratura xodimi Raxmatullaev Shavkat Shermatovichdan 19 ming AQSh dollari miqdordagi pullarini qaytarib olib berishlikni so‘ragan.

Aniqlanishicha, JIB Yangiyo‘l tuman sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Sh.Raxmatullaevdan jabrlanuvchi M.Akbarova foydasiga 13 ming AQSh dollari undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan 2019-yil mart oyida Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan 13,8 mln. so‘m undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan joriy yilning aprel oyida qarzdordan undiruvchi M.Akbarovaning talabiga asosan 13 ming AQSh dollari hozirgi kundagi davlat kursi bo‘yicha hisoblanib, ilgari qoplangan 13,8 mln. so‘mdan qolgan 96 mln. so‘m pul mablag‘lari undirilib, undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan va ijro hujjati ijrosi amalda to‘liq taminlangan.

Fuqaro Sh.Raxmatullaev haqiqatda 2000-yilga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech