19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Kеyingi avlod
10 Yanvar  2019 845

Fevral yakuniga qadar ikki yuzta “Happy schools” tipidagi maktablar ish boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi maktablarda 10-14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalari uchun "Mustahkam oila" dasturi tatbiq etib kelinmoqda. 2016-2018-yillar mobaynida mazkur dastur 19 ta maktabda sinovdan o‘tkazildi.

O‘smirlar va ularning oilalari uchun mo‘ljallangan dastur – o‘smirlik davrida paydo bo‘ladigan axloq muammolarini, zararli odatlar, psixoaktiv moddalarni iste'mol qilishning oldini olish, shuningdek, ota-onalik ko‘nikmalarini mustahkamlash va mustahkam oilani shakllantirishga yo‘naltirilgan.         

Shu loyiha doirasida bo‘layotgan seminarlarda oilaviy qadriyatlar, an'analar, qoidalar, pedagogik jamoaga tegishli bo‘lgan fazilatlar, o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, xulqiy og‘ishlarni shakllantirish kabi masalalarda bahs-munozaralar bo‘lmoqda.

“Mustahkam oila” dasturi AQSh va Buyuk Britaniyada ilk bor amaliyotga tatbiq etilgan. So‘ng boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bu loyiha qo‘llanilgan. Buni ishlab chiqish jarayonida har bir davlat o‘z milliy an'analari va mentalitetiga xos bo‘lgan jihatlarga e'tibor qaratadi. O‘zbekiston ham o‘z pozitsiyasi va avlodlar munosabatidan kelib chiqib loyihani hayotga tatbiq etmoqda. Yetti qismdan iborat dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar orasida giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki va alkogol mahsulotlari iste'mol qilinishining oldini olish, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamligiga erishishdan iborat. Ayni vaqtda yurtimizda trenerlar jamoasi tayyorlanmoqda. Ular kelgusida tayanch maktab sifatida tashkil etiladigan maktablarda faoliyat yuritadi.

Turli video materiallar, o‘yinlar orqali yosh avlod va ota-onalarning munosabatlarida muvozanatga erishish asosiy maqsaddir. Unda psixologlar, pedagoglar, mahalla faollari, ta'lim-tarbiyaga oid mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Ayni vaqtda mamlakatimizda 14 ta namunaviy “Happy schools” (“Baxtli maktablar”) tashkil etilgan. Joriy yilning fevral oyi oxirigacha respublikamizning barcha hududlaridagi tumanlarda bittadan – ikki yuzdan ortiq ayni yo‘nalishdagi maktablar tashkil etiladi.

Bugungi globallashuv davri ehtiyotkorlikni talab etmoqda. Shu bois, mazkur maktablar zo‘ravonlik, jinoyatchilik, zararli odatlardan xoli mustahkam oila va maktab hamkorligiga asoslangan xavfsiz maktab bo‘ladi.

Umumta'lim maktablarida psixologik vaziyatni yaxshilash, o‘g‘il-qizlar fe'l-atvoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun maktab psixologlari qiladigan ishlarni belgilash maqsadida turli seminarlar, o‘quv-mashg‘ulotlari  davom etmoqda.

Asilabonu Hamzaeva
kelajakyoshlari.uz rasmi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech