
Mamlakatimizda
4
Fevral 2019
1743
Ikki kun ichida qarzdor haydovchilardan 516 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, shanba va yakshanba kunlari Toshkent shahar IIBB YHXB va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi xodimlar hamkorligida yo‘l harakati qoidalarini buzib, jarimasini vaqtida to‘lamagan haydovchilarga nisbatan choralar ko‘rildi.
Olib borilgan tadbirlar davomida 1 590 nafar haydovchilar aniqlandi va ular tomonidan to‘langan pul miqdori 516 150 580 so‘mni tashkil etdi. Ikki kun ichida yo‘l harakati qoidalarini buzgan 2 528 nafar haydovchilar tomonidan davlat hisobiga 721 656 275 so‘m ko‘chirildi.