06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,6 °C

Xavfsizlik
3 Iyul  2020 402

Ikki yoshli qizaloq YTH qurboni boʻldi

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida koʻngilsiz natija bilan yakun topgan YTH sodir boʻldi.

2-iyul soat 12.00 da Uchtepa tumani Xondamir koʻchasida “Spark” rusumli avtomobilning 38 yoshli Zafar ismli haydovchisi piyodani urib yuborgan. YTH natijasida 2 yoshli qizaloq tan shikastlari olib, oqibatda shifoxonada hayotdan koʻz yumdi.

YTHning taxminiy sababi: haydovchi toʻsatdan yoʻlga chiqib olgan bolani koʻrmay qolgan. YTH sodir etilgan joy mahallaning ichi boʻlishiga qaramay, bola qarovsiz qoldirilgan.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi (“ Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish ”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang.

Hurmatli haydovchilar! Kvartallar ichidan harakatlanayotganda ehtiyot boʻling. Yoʻlingizga toʻsatdan bola yugurib chiqishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech