15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,9 °C

Transport
18 Noyabr  2019 503

Ikkita avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kritildi

Ayni kunda “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish, aholi talabidan kelib chiqib ularga o‘zgartirishlar kiritish, shu orqali serqatnov yo‘llarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarning oldini olish ishlari davom etmoqda.

Yaqinda ana shu maqsadda 57-,84-,122-avtobus yo‘nalishlarining harakat yo‘liga o‘zgartirishlar kiritilgan edi.

Talab va takliflardan kelib chiqib, 7-avtobus saroyi tasarrufidagi 13- hamda 34-yo‘nalishlarning ham qatnov oralig‘i o‘zgartirildi, deb xabar qiladi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Shuningdek, 13- “Izza mazzesi — Toshkent MUM” yo‘nalishida qatnovchi avtobuslar endilikda Izza shohbekatidan Izza va TXAY ko‘chalari orqali “Karvon bozori”ga qadar boradi. Avtobuslarning ortga qaytishi esa Toshkent xalqa avtomobil yo‘li va “Samar Bonu” ko‘chalari chorrahasi orqali davom etadi.

34-“To‘qimachilik kombinati — Shifokorlar shaharchasi” yo‘nalishiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra avtobuslarning to‘g‘ri yo‘nalilshdagi harakati Beruniy ko‘chasidan Farobiy, M.G‘olib, Qamarniso ko‘chalari orqali o‘tishi belgilandi. Qaytishda esa Qamarniso, Talabalar, Farobiy hamda Beruniy ko‘chalari orqali o‘tib o‘z yo‘nalishida davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech